«Barselona» Ake uchun da’vogar
Natan Ake 2020 yildan beri “Bornmut”dan o‘tgandan so‘ng “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti”ning 31 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Natan Ake faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Catalunya Ràdio nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” sport direktori Deko — “Manchester Siti” himoyachisining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
Keyingi mavsumni boshqa jamoada o‘tkazishi mumkin bo‘lgan Ake ham Kataloniyaga yo‘l olishga qarshi emas.
Natan Ake 2020 yilda “Bornmut”dan o‘tgandan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist