«Barselona» Abdelkarim bilan shartnomani uzaytirdi
Yozda klub uning transfer huquqini to‘liq sotib oldi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" misrlik hujumchi Hamza Abdelkarim bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yangi bitim 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Kataloniya klubi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, shartnoma 15 sentyabr kuni klub prezidenti Joan Laporta ofisida imzolanadi. Shundan so‘ng Abdelkarim OAV vakillari bilan ham muloqot qiladi.
18 yoshli futbolchi "Barselona"ga 2026 yil fevral oyida dastlab ijara asosida kelgan.
Yozda klub uning transfer huquqini to‘liq sotib oldi. Abdelkarim mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida 4 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.