“Barselona” 10 yillik rekordni takrorladi
“Barselona” Ispaniya chempionatidagi yorqin startini davom ettirmoqda. Kataloniya klubi La Liganing 4-turida safarda “Valensiya”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va ketma-ket ikkinchi safar uchrashuvida raqib darvozasiga beshtadan gol urdi.
Bundan oldingi safar bahsida ham “Barselona” “Elche” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, kataloniyaliklar La Ligada ketma-ket ikki safar uchrashuvida beshtadan gol urishni so‘nggi 10 yil ichida ilk bor uddaladi.
“Barselona” bunday natijani so‘nggi marta 2016-yil sentabr oyida qayd etgan. O‘shanda jamoa avval “Leganes”, keyin esa Xixonning “Sporting” klubini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Hansi Flik jamoasi joriy mavsumning dastlabki to‘rt turida 17 ta gol urib, barcha 12 ochkoni qo‘lga kiritdi va La Liga peshqadamligini egallab turibdi.