Barkola \"PSJ\"dan ketmoqchi emas
Photo: Getty Images
Yevropaning uchta nufuzli klubi PSJning vingeri Bredli Barkolaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal", "Chelsi" va "Bavariya" 22 yoshli fransuz futbolchisining o‘tishi uchun "jozibali takliflar" bergan.
Biroq Barkolaning o‘zi Parij klubini tark etishni xohlamayapti. Shuningdek, murabbiy Luis Enrike ham uning ketishiga qarshi. Biroq, futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar futbolchi uchun kurashni to‘xtatmoqchi emas.
O‘tgan mavsumda Barkola Fransiya chempionatida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist