locale OZ

Bahodir Maxsitov Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisligiga qayta saylandi

Bahodir Maxsitov nomzodi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahodir Maxsitov Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisligiga qayta saylandi
Фото: Olympic.uz

Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylar kengashining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotning oʻtgan davrdagi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi hamda tashkilot rahbarligiga saylov oʻtkazildi.

Tadbirda Sport vazirligi, MOQ, “Nuroniy” jamgʻarmasi hamda faxriylar kengashi mutasaddilari ishtirok etib, soʻnggi besh yil davomida amalga oshirilgan loyihalar, hududlardagi tashkiliy ishlar va faxriy sportchilarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar koʻrib chiqildi. Raislik lavozimiga oʻtkazilgan saylovda amaldagi rahbar Bahodir Maxsitov nomzodi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi va u yangi muddatga tashkilot raisi etib saylandi.

Bahodir Maxsitovich oʻz nutqida bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlardagi ishlarni tizimli ravishda kuchaytirish hamda sport faxriylarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish ustuvor vazifa boʻlib qolishini ta’kidladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting