Azizbek Turg'unbaev Turkiyadan qaytishi mumkin — bir qator o'zbek klublari unga da'vogar
O'zbekiston terma jamoasining yarimhimoyachisi "Sivasspor"ni tark etib, yana Vatanga qaytish arafasida
Rasm: Instagram
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Azizbek Turg'unbaev yaqin orada Turkiyadan qaytishi mumkin. Sport nashrlarining yozishicha, u "Sivasspor" klubini tark etadi.
Manbalarga ko'ra, Turg'unbaev o'z faoliyatini "Andijon" jamoasida davom ettirishi mumkin. Shuningdek, uning xizmatlariga "Neftchi" va "Paxtakor" kabi top-klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining bozor bahosi 700 ming yevroga teng. U terma jamoa tarkibida jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishda muhim rol o'ynagan.
Bakradze Iman
Redaktor