locale OZ

Azimjon Ahmedov: \"Kattaqo‘rg‘on\"ni yutishimiz kerak edi. \"Sho‘rtan\" — yaxshi jamoa\"

Bekobodning "Metallurg" klubi PRO-Liga 9-turi doirasida safarda "Sho‘rtan" jamoasi bilan bahs olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azimjon Ahmedov: "Kattaqo‘rg‘on"ni yutishimiz kerak edi. "Sho‘rtan" — yaxshi jamoa"
photo: Metallurg FK

Bekobodning "Metallurg" klubi PRO-Liga 9-turi doirasida safarda "Sho‘rtan" jamoasi bilan bahs olib boradi.

Mazkur bahsga tayyorgarlik jarayoni boshlab yuborilgan va klub matbuoti tajribali himoyachimi Azimjon Ahmedovni suhbatga chorladi.

Musobaqa jadvalida qo‘shni bo‘lgan "Kattaqo‘rg‘on" jamoasi bilan durang qayd etildi. O‘yin haqida nima deya olasiz? Natijadan ko‘nglingiz to‘ldimi?
"Kattaqo‘rg‘on" bilan qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Biz bu o‘yinni yutishimiz kerak edi, ammo biroz omad yetishmadi. Yuzaga kelgan imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib, gol ura olmadik va durang bilan cheklanishga majbur bo‘ldik. Nazarimda, muxlislar zavq oladigan kurashlarga boy, tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Afsuski, ikkinchi golni ura olmadik.

Oldinda yana bir jiddiy raqib — "Sho‘rtan"ga qarshi safarda o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
"Sho‘rtan" ham yaxshi jamoa. Astoydil tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz.

Oxirgi o‘yinlarda ko‘p rotatsiya guvohi bo‘lyapmiz. Jumladan himoya chizig‘ida ham turli kvartetlar harakat qilyapti. Tarkib borasida qanday fikrdasiz, bevosita himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun transfer kerak emasmi?
Rotatsiya amalga oshirish yoki oshirmaslikni bosh murabbiy hal qiladi. Qaysi futbolchini maydonga tushirish murabbiylarning ishi. Futbolchilar esa qaysi chiziqqa qo‘yilmasin, jonini berib harakat qilishi talab qilinadi. Qo‘shimchasiga, jarohatlar ham vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazyapti. Transferlarga keladigan bo‘lsak, bu borada qarorni rahbariyat va murabbiylar qabul qiladi. Biz faqat futbol o‘ynashimiz kerak.

Sir emas, jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgan. Chempionat startidan kelib chiqib, nima deya olasiz, bu kurashda "Metallurg"ning imkoniyatlari qanchalik yuqori?
Ha, to‘g‘ri, maqsadimiz chempionlik. Rahbariyat tomonidan jamoa oldiga ham aynan shunday vazifa qo‘yilgan. Oldinda hali o‘yinlar yetarlicha. Ishlashda davom etyapmiz. Har bir uchrashuvda maydonga g‘alabani ko‘zlab tushamiz. Xudo xohlasa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting