Azim Ahmedov «Metallurg»da o‘ynaydi
Futbolchi 2025 yilda "lochinar" safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.
Фото: Навбаҳор ПФК
"Navbahor"ning sobiq yarim himoyachisi Azim Ahmedov faoliyatini Bekobodda davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi qayta tiklangan "Metallurg" safida to‘p suradi. Jamoa yangi mavsumni Proligada davom ettiradi. Jamoani Ilhom Mo‘minjonov boshqaradi.
U ilgari "Navbahor"da Ahmedov bilan birga ishlagan.
Futbolchi 2025 yilda "lochinar" safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist