Azamat Ahmedov — «Guliston» futbolchisi
31 yoshli darvozabon faoliyati davomida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston jamoalarida o‘ynagan.
photo: Guliston FK
Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Azamat Ahmedov bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.
31 yoshli darvozabon faoliyati davomida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston jamoalarida o‘ynagan.
Azamat Ahmedovning futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 08.05.1994
Ampluasi: Darvozabon
O‘ynagan jamoalari: «Nasaf», «Nasaf-2», «Alanga», «NBU-Osiyo», «Obod», «Surxon», SSKA (Tojikiston), «Neftchi» (Qirg‘iziston), «Sirdaryo FA».
Ishonamizki, Ahmedov «Guliston» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor