Azamat Abduhalilov «Guliston» futbolchisiga aylandi
23 yoshli futbolchi faoliyati davomida O‘zbekiston va Mongoliya jamoalarida o‘ynagan.
Фото: Гулистон ПФК
Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Azamat Abduhalilov bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.
23 yoshli futbolchi faoliyati davomida O‘zbekiston va Mongoliya jamoalarida o‘ynagan.
Azamat Abduhalilovning futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 11.05.2002
Ampluasi: Yarimhimoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Lokomotiv U-21» (2019-2022), «Yangiyer-Quruvchi» (2023), Sirdaryo FA (2024), «Bishrelt» (2025, Mongoliya).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist