Azam Aliyev Tojikistonda to‘p suradi
Aliyevning so‘nggi jamoasi Nukusning "Aral" klubi bo‘lgandi.
Фото: Арал ПФК
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Azam Aliyev faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, futbolchi Dushanbe klubining CSKA jamoasi bilan kelishuvga erishgan. Ushbu jamoani yana bir o‘zbek mutaxassisi Otabek G‘ulomxo‘jayev boshqarmoqda.
Aliyevning so‘nggi jamoasi Nukusning "Aral" klubi bo‘lgandi. Shundan so‘ng u yarim yil davomida hech qaysi jamoada ko‘rinish bermadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist