locale OZ

Ayollar futboli. O‘zbekistonlik ayol hakamlar CAFA seminarida ishtirok etdi

29–31 yanvar kunlari Milliy futbol markazida CAFA Female Referees Seminar / VAR Course 2026 o‘tkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayollar futboli. O‘zbekistonlik ayol hakamlar CAFA seminarida ishtirok etdi
photo: UzFHM

29–31 yanvar kunlari Milliy futbol markazida CAFA Female Referees Seminar / VAR Course 2026 o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli seminarda O‘zbekistonlik hakamlar — Edita Mirabidova, Dildora Rustamova, Nasibabonu Toshmuhammedova, Roziyabonu Yusupova va Gulshoda Saitqulova faol ishtirok etib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladi hamda sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilar VAR amaliyoti, o‘yin epizodlarini tahlil qilish, ofsayd, qoida buzilishlari, penalti vaziyatlari va o‘yinni boshqarish bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Ushbu seminar davomida amaliy va nazariy mashg‘ulotlarga tajribali instruktor Vladislav Syetlin rahbarlik qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting