Ayol hakamlar yangi mavsum oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida hakamlarning jismoniy holati va tayyorgarlik darajasi maxsus testlar orqali baholanadi.
photo: UzFHM
Ayol hakamlar yangi mavsum oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.
Yangi futbol mavsumi oldidan ayol hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, maydondagi qaror qabul qilish tezligini yaxshilash hamda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida hakamlarning jismoniy holati va tayyorgarlik darajasi maxsus testlar orqali baholanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor