locale OZ

\"Ayntraxt\" fanatlari yana \"Kamp Nou\"ni o'zlariniki qilib olishadimi?

Marca nashrining xabar berishicha, "Barselona" klub a'zolaridan 100 nafari Chempionlar Ligasi o'yiniga o'z chiptalarini ikkilamchi bozorda sotib yuborganini aniqladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Ayntraxt" fanatlari yana "Kamp Nou"ni o'zlariniki qilib olishadimi?
photo: Google

"Ayntraxt" fanatlari yana "Kamp Nou"ni o'zlariniki qilib olishadimi?

Marca nashrining xabar berishicha, "Barselona" klub a'zolaridan 100 nafari Chempionlar Ligasi o'yiniga o'z chiptalarini ikkilamchi bozorda sotib yuborganini aniqladi. Ularga nisbatan intizomiy chora ko'rilishi mumkin.

Avvalroq "Barselona" germaniyalik muxlislarga cheklangan miqdorda chipta sotilishini e'lon qilgan edi. 2022 yilgi Yevropa Ligasi chorakfinalidagi o'yinda Frankfurt jamoasi fanatlari "Kamp Nou"ning katta qismini egallab, "Ayntraxt"ga haqiqiy uy muhitini hosil qilishgan, yakunda Germaniya klubi 3:2 hisobida g'alaba qozonib ketgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting