«Ayaks» yarimhimoyachisining qiz doʻsti avtohalokat qurboni boʻldi
«Ayaks» yoshlar jamoasi yarimhimoyachisi Mark Verkeylning qiz do‘sti avtohalokatga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Voqea 18 dekabr, payshanba kuni, Utrext viloyatidagi Ede va Venendal shaharlarini bog‘lovchi yo‘lda yuz berdi. 21 yoshli qiz yugurayotgan vaqtda avtomobil uni urib yuborgan va olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.
Haydovchi, 54 yoshli ayol, hodisa joyidan qochib ketgan, biroq keyinroq kechqurun politsiya tomonidan uyida qo‘lga olindi.
Maʼlumot uchun, futbolchi «Ayaks» tizimida o‘ynaydi, lekin hali asosiy jamoada debyut qilmagan. Klub xodimlari va futbolchilari jarohatdan tiklanayotgan sportchini ziyorat qilib, hamdardlik bildirdilar.
Qayd etilishicha, «Ayaks-2» va «Valveik» o‘rtasidagi o‘yindan oldin Verkeylning qizi xotirasiga bir daqiqa sukut e’lon qilinadi.