“Ayaks” bosh murabbiyi isteʼfoga chiqdi
Photo: Getty Images
"Ayaks" bosh murabbiyi Franchesko Farioli jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 36 yoshli italiyalik mutaxassis o‘z qarori haqida klub rahbariyatini xabardor qilgan.
Mavsum yakuniga ko‘ra, "Ayaks" Niderlandiya chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Amsterdamliklar mavsum tugashiga besh tur qolganda to‘qqiz ochkolik ustunlikka ega edi. Yakunda chempionlik PSVga nasib etdi.
Farioli 2024 yilning iyulida jamoani qabul qilib, uch yillik shartnoma imzolagandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist