locale OZ

Aurelian Tchuameni Valverde bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng tushkun holatga tushib qolgan

Ushbu kelishmovchilik 7 may kuni oʻzaro janjalga aylanib ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aurelian Tchuameni Valverde bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng tushkun holatga tushib qolgan
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Aurelian Tchuameni mashg‘ulotdan so‘ng kiyinish xonasida jamoadoshi Federiko Valverde bilan yuz bergan mushtlashuv tufayli qattiq tushkunlikka tushgan. Bu haqda Madrid Xtra xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi vaziyat qanday qilib bu darajaga yetganini tushunmayotganini bildirgan. Hodisadan so‘ng, «Real» murabbiylar shtabi vakillari muhitni yumshatish va futbolchining ruhiyatini tiklash uchun u bilan birga qolishgan.

Avvalroq OAVda Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi og‘zaki dahanaki jang kechagi mashg‘ulotdayoq boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bugun, 7 may kuni esa bu kelishmovchilik kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgan va oqibatda urugvaylik futbolchining boshi yorilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting