«Atletiko» Ramushni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Hozirda 24 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
“PSJ” hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini La Liga jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqmoqda. "Matraschilar" rahbariyatining fikricha, forvard jamoaga kelsa, hujum chizig‘ida muammo bo‘lmaydi deb hisoblamoqda.
Hozirda 24 yoshli futbolchining transfer bozoridagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Ramush joriy mavsum parijliklar safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist