\"Atletiko\" Nunesni 50 million yevroga sotib olishi mumkin
Photo: Getty Images
“Liverpul” hujumchisi Darwin Nunes mavsum oxirida “qizillar”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, “Atletiko” klubi urugvaylik hujumchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Futbolchining bozor narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, Nunes joriy mavsum “Liverpul” safida APLda 25 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist