Atletiko Mamardashvilini La Ligaga qaytarmoqchi
Madrid klubi Oblakka o‘rinbosar qidirmoqda.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" darvozaboni Georgiy Mamardashvili faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, Madridning "Atletiko" klubi gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Matraschilar" agar Yan Oblak bilan xayrlashadigan bo‘lsa, uning o‘rnini Mamardashvili bilan to‘ldirishni istamoqda. Georgiy ham "qizillar"ni tark etishni xohlamoqda.
25 yoshli Georgiy Mamardashvili haqida gapiradigan bo‘lsak, uning narxi 28 million yevroni tashkil etadi. Ushbu mavsumda gruziyalik darvozabon "Liverpul" safida 13 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist