locale OZ

«Atletiko» Grinvudga qiziqmoqda

Uning klub bilan amaldagi bitimi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Grinvudga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

"Atletiko" "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransuz klubi 23 yoshli ingliz futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Futbolchining transfer qiymati 75 million yevroga yetishi mumkin.

Grinvud 2024 yilning yozidan beri “Marsel” sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting