«Atletiko» Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Transfer qiymati taxminan 35–40 million yevro bo‘lishi mumkin.
ФОТО: Getty images
“Atalanta” yarim himoyachisi Ederson yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi “Atletiko” bilan muzokara olib bormoqda.
Qayd etilishicha, “Atletiko” va Ederson yozgi transfer hamda shaxsiy shartnoma masalasida prinsipial kelishuvga erishgan.
Yarim himoyachining Bergamo klubi bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfer qiymati taxminan 35–40 million yevro bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda u A Seriyada 23 ta o‘yinda 1 ta gol urgan va 1 marotaba sariq kartochka olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist