\"Atletiko\" Dyokeresh borasida bir qarorga keldi
Ular Alvares va Syorlotga ishonmoqda
Photo: Getty Images
Madridning “Atletiko” klubi "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olish fikridan voz kechgan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatmoqda.
Avvalroq klub shved hujumchisini sotib olishga asosiy da'vogar ekani aytilgandi. Biroq “matraschilar” Dyokeresh bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirgan.
Madrid jamoasi o‘tgan mavsum Xulian Alvares uchun 75+15 million yevro, Aleksandr Syorlot uchun esa 40 million yevro sarflagan. Hozircha aynan shu ikki futbolchi kelasi mavsumdagi asosiy hujumchilar sifatida ko‘rilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist