«Atletiko» Devidni «Yuventus»dan ijaraga oldi
Devid o‘tgan mavsumda A Seriyada 35 ta o‘yinda 6 ta gol urgan.
ФОТО: Getty images
«Atletiko» «Yuventus» hujumchisi Jonatan Devidni 2026/27 mavsum uchun ijaraga olganini e’lon qildi.
Turin klubi ma’lum qilishicha, kelishuvda «matraschilarga»ga 26 yoshli kanadalik futbolchini 25 million yevro evaziga sotib olish huquqi ham berilgan. Agar ushbu band faollashtirilsa, ushbu mablag‘ to‘rt yil davomida to‘lab beriladi.
Ma’lumot uchun, Devid o‘tgan mavsumda A Seriyada 35 ta o‘yinda 6 ta gol urgan va 4 ta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Hujumchi JCH-2026da 5 ta bahsda 3 ta gol urgandi.