«Atletiko» Bentankurga qiziqish bildirmoqda
Bentankurning "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Atletiko" o'z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Fichajes nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi yarim himoyachi Rodrigo Bentankur bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Bentankurning "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
"Atletiko" 28 yoshli urugvaylik futbolchini kelasi yozda tekin erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Rodrigo Bentankur "Tottenhem" safida jami 117 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda yarim himoyachi o'z hisobiga to'qqizta gol va sakkizta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist