Atletiko Antoniy bo‘yicha taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted" vingeri Antoniy yozda La Ligada klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, “Atletiko” yozda “Betis” safida ijarada o‘ynayotgan Antonioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone Antoniy jamoa hujum chizig‘ida Xulian Alvaresga yaxshi sherik bo‘lishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “MYu” ham Antonioni yozda sotib yuborishga tayyor. Futbolchining transfer qiymati 40-50 mln yevroni tashkil etmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist