«Aston Villa» Paketa bilan muzokara o'tkazmoqda
Фото: Getty Images
“West Ham” yarim himoyachisi Lukas Paketa yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda Foot Mercato.
Manbaga ko‘ra, "Aston Villa" allaqachon 28 yoshli braziliyalik futbolchining transfer shartlari bo‘yicha so‘rov yuborgan.
Qayd etilishicha, "West Ham" Paketa uchun 60 million funt olmoqchi.
Futbolchi evrokuboklarda o‘ynashni istamoqda. Yevropa Ligasida Angliya sharafini “Aston Villa” himoya qiladi.
Avvalroq “Manchester City” ham Paketa uchun qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist