locale OZ

«Aston Villa» Ordoñez transferini yakunlash arafasida

Yaqin vaqt ichida tomonlar kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aston Villa Ordoñez transferini yakunlash arafasida
ФОТО: Getty images

"Aston Villa" tez orada ekvadorlik himoyachi Joel Ordoñez transferini yakunlashi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi yaqinda "Arsenal"ga o'tgan Ezri Konsaning o'rnini egallashi mumkin.

Birmingemliklar hozirda Joel bo'yicha "Bryugge" bilan muzokaralarni faollik bilan olib bormoqda. Yaqin vaqt ichida tomonlar kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Ordoñez 2022 yil avgust oyida Ekvador chempionatidan "Bryugge" safiga ko'chib o'tgan. Markaziy himoyachi Ekvador milliy terma jamoasi safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan va JCH-2026 uchun jamoa qaydnomasi tarkibidan ham joy olgan.

O'tgan mavsumda Ordoñez barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urgan. Shuningdek, u 6 marta sariq va 2 marta qizil kartochka olgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting