locale OZ

«Aston Villa» Luka Digne bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Luka Digne bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Aston Villa

"Aston Villa" Fransiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Luka Digne bilan hamkorlikni uzaytirganini tasdiqladi.

Yangi kelishuv 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Digne 2022 yil yanvarida birmingemliklar tarkibiga qo‘shilgan va shundan beri klub safida yuzdan ortiq o‘yin o‘tkazib, qanot himoyasida asosiy futbolchilardan biriga aylangan.

Avvalroq OAVda fransiyalik futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga qaror qilgan.

Himoyachi faoliyati davomida "Lill", "PSJ", "Barselona", "Roma" va "Everton" klublarida ham harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting