«Aston Villa» Lindelöfni o‘z safiga qo‘shib oldi
Фото: Aston Villa
"Aston Villa" "Manchester United" sobiq markaziy himoyachisi Viktor Lindelöf transferini e'lon qildi.
Klub kelishuv qancha muddatga tuzilganini aniqlashtirmagan.
Avvalroq, 31 yoshli shved futbolchi 2+1 ko‘rinishida shartnomaga qo‘l qo‘yishi ma'lum bo‘lgandi.
Futbolchiga "Fiorentina" va "Everton" jamoalari ham taklif yuborgandi. Biroq birmingemliklar moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif bilan chiqqani aytildi.
Lindelöf o‘tgan mavsum yakunidan so‘ng "MYU"ni tark etgandi. Lindelöf hozirda Transfermarkt portalida 8 million yevroga baholangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist