«Aston Villa» Beylini «Roma»dan qaytarib oldi
28 uy oshkor futbolchi mavsumning birinchi qismini «Roma»da oʻtkazdi.
FOTO: Getty Images
«Aston Villa» klubi rasman vinger Leon Beylini «Roma»dagi ijaradan qaytarib olganini e’lon qildi.
Futbolchi o‘tgan yozda sotib olish opsiyasini o‘z ichiga olgan kelishuv asosida Italiya klubiga o‘tgan edi.
Mavsumning birinchi yarmida 28 yoshli Beyli «Roma» safida jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi va barcha musobaqalarda jami 317 daqiqa maydonda harakat qildi.
Yamaykalik futbolchi rimliklar safida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist