Asror Aliqulov «Mash'al»ni tark etdi
“Mash'al” futbol klubi U21 jamoasi bosh murabbiyi Asror Aliqulov jamoani tark etdi.
Asror Aliqulov 2023 yil 4 avgust kuni “Mash'al” jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. Uning rahbarligida 2023 yilgi Pro ligasida jamoamiz musobaqani 4-o‘rinda yakunladi.
2024 yilda esa “Mash'al” Pro ligada yaqqol peshqadamlik qilib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va tarixda ikkinchi bor Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Joriy 2025 yilgi mavsumda Asror Aliqulov boshchiligida “Mash'al” Superliganing birinchi davrasida 15 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘ardi, shuningdek, O‘zbekiston kubogi musobaqasida 1/8 finalgacha olib keldi.
“Mash'al” futbol klubi Asror Aliqulovga jamoa ravnaqi yo‘lida qo‘shgan mehnati uchun chuqur minnatdorlik bildiradi hamda keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi", - deyiladi xabarda.