Asker Najafaliyev Estoniya hamda Ispaniya U-17 terma jamoalari bahsini boshqaradi
Estoniyada U-17 Yevropa chempionati boʻlib oʻtmoqda.
photo: UzFHM
Oʻzbekistonlik hakamlar U-17 Yevropa chempionatida ilk tayinlovni oldi.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Estoniyada U-17 Yevropa chempionati boʻlib oʻtmoqda. 25-may kuni bo'lib o'tadigan Estoniya hamda Ispaniya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Bosh hakam: Asker Najafaliyev (Oʻzbekiston)
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov (Oʻzbekiston), Furkan Urun (Turkiya)
Ibrohim Jalolov
Redaktor