Asensio \"Fenerbahche\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“PSJ” hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio Turkiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Yagiz Sabunkuog‘lu.
Qayd etilishicha, “Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourinyo ispaniyalik futbolchi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda portugaliyalik mutaxassis Markoni o‘z jamoasiga taklif qilgan.
Asensioning Fransiya klubi bilan shartnomasi bor. U o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Aston Villa”da ijarada o‘tkazdi.
29 yoshli futbolchi birmingemliklar safida 21 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist