locale OZ

Arteta «Arsenal» bosh murabbiyi sifatidagi ilk kunini esga oldi

Murabbiy London klubini APL chempioniga aylantirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta «Arsenal» bosh murabbiyi sifatidagi ilk kunini esga oldi
Фото: Getty Images

Mikel Arteta «Arsenal» bosh murabbiyi lavozimidagi birinchi kuni qanday o‘tganini so‘zlab berdi:

«Birinchi kunning o‘zidayoq kabinetimni ostin-ustin qilib tashladim. Kompyuterlar, noutbuklar, simlar — hammasini polga sochib tashladim. Keyin barcha xodimlarni chaqirdim.

Men ularga shunday dedim: “Agar men sizlarga kasbingizdan, hayotdan va bizni birlashtirib turgan umumiy ishtiyoqimizdan zavq olishingizga yordam berishimni istasangiz, hamma narsani joyiga qo‘yish va birgalikda ishlashga tayyor bo‘lish uchun ikki daqiqangiz bor”.

Ehtimol, o‘shandayoq murabbiylik faoliyatim tugashi mumkin edi. Agar hammasi avvalgidek qolganida, menda boshqa ish bo‘lmasdi!»

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting