locale OZ

Arteta: «Ajoyib muhit va jamoani doimiy qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga tashakkur»

«Arsenal» bosh murabbiyi jamoa muxlislariga murojaat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta: «Ajoyib muhit va jamoani doimiy qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga tashakkur»
FOTO: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta London klubi muxlislariga murojaat qildi. Mutaxassis jamoani qo‘llab-quvvatlayotgan fanatlarga minnatdorlik bildirdi hamda mavsumning ikkinchi yarmida «kanonirlar» uchun muxlislar yordami nihoyatda muhim ekanini alohida ta’kidladi.

«Biz yana kurashamiz! Ajoyib muhit va jamoani doimiy qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga katta rahmat! Hozir APLda juda qulay pozitsiyadamiz va shu ruhda davom etishimiz kerak. Mavsum hali qizg‘in pallada, muxlislar yordami biz uchun juda zarur», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi London klubining rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 21-tur yakunlariga ko‘ra «Arsenal» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting