«Arsenal»ni 3 nafar futbolchi tark etishi mumkin
Bu futbolchilar qishda klubini almashtirishi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" klubi yanvar oyidagi transferlar davrida bir qator futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi TBR Football.
Manbaga ko'ra, ketadiganlar ro'yxatida uch nafar futbolchi tark etishi kutilmoqda. Gap himoyachi Aleksandr Zinchenko, vinger Leandro Trossard va hujumchi Gabriel Jezus haqida ketmoqda.
Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan 7 turdan so'ng Mikel Arteta shogirdlari 16 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar" 2-o'rindagi "Liverpul"ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist