locale OZ

Arsenalga Kasado kerak

Kataloniyaliklar Kasadoni 30–35 million yevroga baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenalga Kasado kerak
ФОТО: Getty images

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Arsenal” ushbu o'yinchini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Kataloniyaliklar Kasadoni 30–35 million yevroga baholagan.

Shuningdek, unga “Chelsi” va “Napoli” klublari ham da'vogarlik qilayotgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Kasado “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U La Liga doirasida klub safida jami 33 o'yin o'tkazib, 1 gol urgani va 4 ta golli uzatma amalga oshirgani qayd etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting