locale OZ

«Arsenal»19 yoshli hujumchini sotib olmoqchi

Kroupi APLning yakunlangan mavsumida 13 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal»19 yoshli hujumchini sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” klubi “Bornmut” jamoasining 19 yoshli hujumchisi Eli Krupiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” qiziqishiga qaramay, fransuz hujumchi hozircha to‘liq e’tiborini “Bornmut”ga qaratayotganini va kelasi mavsum jamoa bilan Evrokuboklarda ishtirok etishni orzu qilayotganini ta’kidlagan.

“Giloslar” Krupini 13 million yevroga sotib olgan. Hozirda klub uning transfer bahosini qariyb 7 baravar oshirgan.

Krupi APLning yakunlangan mavsumida 13 ta gol urib, 20 yoshdan kichik debyutantlar orasida rekord o‘rnatdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting