locale OZ

«Arsenal», «Yuventus» va «Chelsi» Reshfordga qiziqish bildirmoqda

Joriy mavsumda Reshford barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal», «Yuventus» va «Chelsi» Reshfordga qiziqish bildirmoqda
photo: gettyimages

«Arsenal», «Yuventus» va «Chelsi» klublari ayni damda ijara asosida «Barselona»da to‘p surayotgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni sotib olmoqchi. Bu haqda Football365 nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi vingerni o‘z safida olib qolmoqchi, biroq hozircha uni yana bir bor ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. O‘z navbatida, «qizil iblislar» 28 yoshli futbolchini sotib, «katta miqdorda daromad» olishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» o‘z raqiblarini kuchaytirib yubormaslik uchun Reshfordni «Arsenal» yoki «Chelsi»ga sotishdan bosh tortishi mumkin.

Joriy mavsumda Reshford barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting