«Arsenal» yubiley g‘alabasiga erishdi
Bu borada ular ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” APLning 9-turida “Kristal Pelas”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Natijada “to‘pchilar” Angliya milliy chempionatida 700-g‘alabasiga erishgan ikkinchi klubga aylandi.
Ta’kidlash kerakki, "Arsenal" 1992 yilda amalga oshirilgan islohotdan so‘ng bunday natijaga erishdi.
Premer-liga doirasidagi eng ko‘p o‘yinda faqat "Manchester Yunayted" g‘alaba qozongan — 760.
Undan keyingi o‘rinlarni "Liverpul" APLda 682 ta, "Chelsi" 671 ta, "Tottenhem" 556 ta, "Manchester Siti" 555 ta g‘alaba bilan egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist