locale OZ

“Arsenal” Viktor Dyokereshni qishdayoq sotib yuborishi mumkin

Bunga asosiy sabablardan biri Dyokereshning bosh murabbiy Mikel Arteta qo‘llayotgan taktik tizimga moslasha olmayotgani bo‘lishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” Viktor Dyokereshni qishdayoq sotib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh bilan qishki transfer oynasidayoq xayrlashishi mumkin. Klub rahbariyati futbolchining o‘yinidan qoniqmayapti va uning kelajagini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” rahbariyatida 28 yoshli hujumchining imkoniyatlariga nisbatan shubhalar ortib bormoqda. Bunga asosiy sabablardan biri Dyokereshning bosh murabbiy Mikel Arteta qo‘llayotgan taktik tizimga moslasha olmayotgani bo‘lishi mumkin.

Shu sababli London klubi yanvar oyidagi transfer oynasida futbolchi uchun tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq hozircha Dyokereshni sotish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan va uning jamoadan ketishi rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Viktor Dyokeresh joriy mavsumda “Arsenal” safida barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki golli uzatma qayd etmagan. Transfermarkt portali shvetsiyalik hujumchining transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting