locale OZ

\"Arsenal\" va \"MYu\" Tyuram uchun kurashadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" va "MYu" Tyuram uchun kurashadi
Photo: Getty Images

“Inter“ hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Calciomercato nashri.

Manbada keltirilishicha, "Arsenal" va "MYu" jamoalari markaziy hujum chizig‘ini kuchaytirishga kirishgan. Qayd etilishicha, bu klublar fransiyalik hujumchini sotib olmoqchi.

Markusning milanliklar bilan shartnomasida 85 million yevrolik tovon puli bandi bor.

Shuningdek, "Inter" Tyuram ketadigan bo‘lsa, Moyze Kin variantini ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. "Fiorentina" hujumchisining 52 mln yevrolik tovon puli 15 iyulgacha amal qiladi.

Tyuram o‘tgan mavsum A Seriyada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgani va 4 ta golga hammualliflik qilgani qayd etilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting