«Arsenal» va «Chelsi» Malenga qiziqish bildirmoqda
Malenning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Roma” hujumchisi Doniell Malen faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 27 yoshli futbolchining o‘yinlarini "Manchester Siti", shuningdek, Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari kuzatib bormoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Roma" Malen uchun 60-65 million yevro atrofida narx belgilagan. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
Niderlandiyalik hujumchi joriy mavsum Italiya chempionatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi.
Malenning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.