locale OZ

\"Arsenal\" Uotkinsni sotib olmoqchi

"Aston Villa" uni sotishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Uotkinsni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

Londonning "Arsenal" klubi markaziy hujumchi qidirishda davom etmoqda.

Record nashri xabariga ko‘ra, "to‘pchilar" diqqat-e'tiborini "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga qaratgan.

Klub vakillari futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. "Aston Villa" moliyaviy sabablarga ko‘ra uni sotishni ko‘rib chiqishga tayyor. Uotkinsning narxi 40 million yevro.

O‘tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting