locale OZ

Arsenal Uaytni Sitiga sotishni istamadi

Himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal Uaytni Sitiga sotishni istamadi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" Londonning "Arsenal" klubi o'ng qanot himoyachisi Ben Uaytga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 28 yoshli futbolchini sotib yuborish haqida o'ylamagan. Shu sababli "shaharliklar"ning taklifiga rad javobi beriladi.

Uaytning xizmatiga "Como", "Marsel" va Madridning "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt saytida Ben Uaytning narxi - 38 million yevroni tashkil etadi. Himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting