\"Arsenal\" Trossard bilan shartnomani uzaytiradi
U 2023 yildan buyon "to‘pchilar" safida o‘ynamoqda
Photo: Getty Images
"Arsenal" yarim himoyachi Leandro Trossard bilan shartnomani uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgan. Tomonlar tez orada rasmiy kelishuvni e’lon qilishlari kutilmoqda.
Leandro Trossard "Arsenal"da 2023 yil yanvaridan beri "Brayton"dan kelib o‘ynab kelmoqda. O‘shandan beri belgiya futbolchisi 123 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan va jamoadoshlariga 22 ta golli uzatma bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist