\"Arsenal\" Sheshkoni sotib olmoqchi
U Bundesligada 21ta gol urgani bor
Photo: Getty Images
"Arsenal" klubi Bundesliganing yosh hujumchisi Benjamin Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, "to‘pchilar" hozircha "Leyptsig" bilan transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishmagan.
Sheshko "kanonirlar"ga taxminan 50-60 million yevroga tushishi mumkin.
22 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum 45ta uchrashuvda ishtirok etib, 21ta gol va 6ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Sloveniya terma jamoasi forvardi Transfermarkt portalidagi narxi esa 70 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist