\"Arsenal\" Sheshko bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
Futbolchining narxi London klubiga qimmatlik qilgan.
Photo: Getty Images
“Arsenal” klubi "RB Leyptsig" hujumchisi Benjamin Sheshkoning transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, ingliz klubi nemislarning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas – gap 22 yoshli sloveniya futbolchisi uchun 80 dan 100 million yevrogacha bo‘lgan summa haqida bormoqda.
Shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokaralar tomonlar to‘liq kelisha olishmagan.
Sloveniya futbolchisi o‘tgan mavsum Bundesligada 13ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Unga “Arsenal”dan tashqari, APLning bir qator jamoalari ham qiziqish bildirayotgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist