locale OZ

\"Arsenal\" Sane transferidan voz kechdi

Leroy yozda "Bavariya"ni tark etishi kutilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Sane transferidan voz kechdi
Photo: Getty Images

"Arsenal" klubi "Bavariya" vingeri Leroy Saneni sotib olish fikridan voz kechdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "to'pchilar" transfer bozoridagi rejalarga o'zgartirish kiritgan. Klub Sanedan yoshroq futbolchini sotib olishni maqsad qilgan.

London klubi Sanening o'rniga Rodrigo, Nico Williams va Jamie Gittens kabi o'yinchilarni qo'lga kiritish uchun jiddiy harakat qilmoqda.

Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt portali Leroyning qiymatini 38 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting